• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Xitoylik tadbirkorlar hamkorlik qilishga qiziqish bildirishdi

07 Aprel 2025, 8:44 629

Respublika iqtisodiyotiga salmoqli hissa qoʻshuvchi yirik loyihalar amalga oshirilayotgan OKMKga dunyoning koʻplab taniqli kompaniyalari oʻzlari uchun ishonchli hamkor sifatida qarashmoqda. Xususan, kuni kecha korxonaga yevropalik tadbirkorlar tashrif buyurgan boʻlsa 2-aprel kuni Xitoyning “Guangxi LiuGong Machinery Co., Ltd” vakillari kombinatda boʻlishdi.

Ma’lumot uchun mazkur kompaniya frontal yuklagichlar, ekskavatorlar, avtogreyderlar, yoʻl katoklari, vilkali yuklagichlar, beton nasoslar, bulldozer va samosvallar hamda yuk koʻtargichlar kabi 33 turdagi qurilish texnikalari ishlab chiqaradi. Oʻzining 65 yillik faoliyati davomida dunyo boʻylab 20 dan ortiq ishlab chiqarish maydonchalariga ega boʻlgan LiuGong, Markaziy Osiyo, jumladan, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va boshqa mintaqalarga zamonaviy kon texnikalari, qurilish va transport sanoati uchun innovatsion maxsulotlar yetkazib bermoqda.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari kombinatnig yirik qurilish maydoniga aylangan 3-mis boyitish fabrikasiga boʻlishib u yerda oʻrnatilgan dunyoning yetkachi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan uskuna va jihozlar bilan tanishishdi.

Turli davlatlarning OKMK bilan hamkorlik aloqalarini yoʻga qoʻyish istagi, uning xalqaro bozordagi oʻrni yanada mustahkamlanib, investitsion jozibadorligi kun sayin ortayotganligidan, oʻz navbatida dunyining yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ishonchli hamkor ekanligidan dalolatdir.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu