Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xitoyning Szyansi provinsiyasi va “Nerin Engineering Co., Ltd” vakillari OKMKda

15 Sentyabr 2025, 16:0 998

Zamonaviy sanoat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan OKMK hozirgi kunda o‘zining nafaqat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, balki ko‘p tarmoqli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish orqali o‘z faoliyat doiralarini kengaytirib bormoqda. Texnologik yangilanishlar fonida kombinat dunyoning nufuzli kompaniyalari bilan manfaatli kelishuvlarni amalga oshirib kelyapti. O‘tgan hafta so‘nggida OKMKga tashrif buyurgan Xitoyning Szyansi provinsiyasi vakillari hamda “Nerin Engineering Co., Ltd” yirik davlat korporatsiyasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari ham kelgusida kombinat bilan hamkorlikka qiziqish bildirishdi.

Dastavval xitoylik mehmonlar “Metallurg” MSda joylashgan muzeylarni ko‘zdan kechirishib, Olmaliq shahri va kombinat tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

So‘ng OKMK rahbariyati hamda delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda foydali qazilmalarni qazib olish-qayta ishlash, konchilik va qurilish sohalarida investitsiyaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.  

Muzokaralar doirasida ikki tomonlama loyihalarni rivojlantirish, uzoq muddatli shartnomalar tuzish va iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi mavzular ham ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun China Nerin Engineering Co., Ltd. 1986-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u 35 yildan ortiq vaqt davomida Xitoyda yetakchi injiniring va EPC pudratchilaridan biriga aylangan. Hozirgi kunda kompaniya konchilik va metallurgiya sanoati uchun yirik loyihalar, foydali qazilmalarni boyitish, eritish va qayta ishlash texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ekologiyani yaxshilashga qaratilgan takliflar va sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli xizmatlar hamda yechimlarni taqdim etadi: Bugunga qadar ular Osiyo va Afrika davlatlarida 20 dan ortiq xalqaro loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishgan.

Uchrashuv yakunida kelgusi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech