Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan “Olmaliq KMK” AJ jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish(konferensiya)lar bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday yig‘ilishlar Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati hamda uning bir qator komandalarida o‘tkazildi. Jumladan, Chirchiqdagi birlashmaga, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi hamda Xondiza kon boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarga xizmat ko‘rsatuvchi komandalarning yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Undan xizmat va komandalar rahbariyati, shaxsiy tarkib ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishlarda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi. Xizmat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Rasulov tomonidan Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilishlar davomida kelgusida 2024-yilda jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan ishlar, o‘tkazilishi rejalashtirilgan sport tadbirlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda shaxsiy tarkib bilan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ham kelishib olindi.
Xizmat va uning komandalarida 2023-yilda jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Sobir Rahimov,
IHQX boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi