Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Surxon vohasida joylashgan “Xondiza” kon boshqarmasi mehnat jamoasi o‘z oldiga qo‘yilgan reja va topshiriqlarni ko‘p yillardan buyon OKMK korxonalari orasida yetakchlaridan bo‘lib bajarmoqda.
So‘zlarimiz isbotini raqamlarda ko‘rishimiz mumkin.
2022-yil oktyabr oyining ilk kunidayoq konsentratda mis metalli ishlab chiqarish rejasi bajarildi. Bizga bu haqda kon boshqarmasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Farhod Xolnazarov xabar bermoqda.
Mehnat jamoasi oldiga 2022-yilda konsentratda 1545,6 tonna mis metalli ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan edi.
2022-yilning 9 oyi natijalari bo‘yicha 1543,9 tonna mis metalli ishlab chiqarildi. 2022-yilning 1-oktyabr sanasida esa yillik reja muddatidan avval bajarilishiga erishildi.
Shuningdek, mehnat jamoasi yana bir yo‘nalish bo‘yicha yillik rejani muddatidan avval bajardi.
Jumladan, 2022-yilda 20065 tonna konsentratda rux metalli ishlab chiqarish vazifasi belgilangan edi.
Surxonlik konchi-boyituvchilar ushbu vazifani 2022-yilning 13-noyabr sanasida 20065,6 tonnalik natija qayd etgan holda ado etishdi.
Oqilona boshqaruv siyosati, har bir ishchining o‘z ishiga bo‘lgan jiddiy yondashuv va texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilish, pirovardida ko‘zlangan natijaga erishish. Ushbu omillar sabab bugun Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi vazifalarni yorug‘ yuz bilan bajarishayapti.
Axborot xizmati