Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq” KMK AJ boshqaruv raisining 2023-yil 25-yanvardagi 87-sonli buyrug‘iga asosan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa'y-harakatlari majmui va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida joriy yilning 20-iyul kuni “Xondiza” kon boshqarmasida taktik-maxsus mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir “Xondiza” shaxtasida “Xavfli tabiiy jarayonlar (ko‘chki) bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda “Xondiza” shaxta ishchilarining harakatlari, 10-sonli alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bilan o‘zaro hamkorlik va avariyalarni bartaraf etish rejaning amaliy bajarilishi” mavzusida tashkil etildi.
Mashg‘ulotda xavfli tabiiy jarayonlar sodir bo‘lganda shaxta xodimlarining vazifalari va harakatlari to‘g‘risida bilimlari tekshirildi.
Shuningdek, baxtsiz hodisalarni bartaraf etishda ishtirok etadigan alohida shaxslar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning harakatlari tartibi kuzatildi.
Halokat vaqtida 10-sonli AXKQV va kon ishchilarining xatti-harakatlari hamda o‘zaro hamkorligiga baho berildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyat yuz bergan hududda ishchilar va xizmatchilar evakuasiya qilindi.
O‘quv-taktik tadbirda “Xondiza” shaxtasi muhandis-texnik xodimlari, 10-sonli AXKQV, Surxondaryo viloyati FVB yong‘in-qutqaruv qismlari hamda ob'ekt fuqaro muhofazasi bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.
Shuhrat Kasimov,
Xondiza KB direktorining tartibot va moddiy tovar boyliklari butligi bo‘yicha o‘rinbosari