• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xondizada mini futbol va shashka musobaqalari

30 Avgust 2023, 8:38 536

Xondiza kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan sportning mini futbol va shashka turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Mini futbol bo‘yicha musobaqada Xondiza kon boshqarmasi, Xondiza shaxtasi, boyitish fabrikasi, texnik nazorat xizmati, material texnik bazasi, Qurilish ta'mirlash uchastkasi, Kimyo tadqiqot laboratoriyasi va idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Material texnik bazasi va Xondiza shaxtasi jamoalari final bosqichiga yetib keldilar.

Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda shaxta jamoasi yirik 5-0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Shashka bo‘yicha musobaqada esa Xondiza kon boshqarmasi kimyoviy tahlil laboratoriyasi, boyitish fabrikasi va xo‘jalik uchastkasi ishchi-xodimlari o‘zaro bahs olib bordilar.

Musobaqada qur'a tashlash usuli bilan juftliklar aniqlandi. Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada Kimyo tadqiqot laboratoriyasi ishchi-xodimlari Muhayyo Panjiyeva hamda Fotima Davronova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Finalda esa Muhayyoning qo‘li baland kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarning g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Dilmurod Qosimov,

Xondiza kon boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech