• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yana bir xalqaro standart

29 Iyul 2022, 16:50 1061

Soha mutaxassislarining sa'y-harakatlari va izlanishlari evaziga kombinatning yana bir mahsuloti uchun xalqaro standart sertifikati olindi. Zamonaviy ishlab chiqarishning dunyo miqyosida tan olingan mezonlariga ko‘ra, har bir ishlab chiqarish o‘z prosedurasi, ya'ni o‘z tartibiga ega va uning talablari ma'lum bir belgilangan vaqtda qayta sertifikatlashtirish auditidan o‘tkaziladi.

Jizzax sement zavodida Xalqaro ISO 9001 standarti talablari asosida sifat menejmenti tizimi 2016 yilda joriy qilingan va o‘tgan davr mobaynida kuzatuv audit natijalari yaxshi baholanib kelingan.

2022 yil may oyida Jizzax sement zavodida dunyoning 150 ta davlatida tan olingan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti TÜV International Certification (Germaniya) auditorlari tomonidan sertifikatlashtirish auditi olib borildi va yakunida ijobiy xulosa olindi. Kelgusi 3 yil mobaynida zavod tomonidan TÜV International Certification logotipidan foydalanish imkoniyati berildi. Bu nafaqat mahsulotning sifati, balki ishlab chiqarish jarayoniga ham tegishli sertifikat ekanligidan dalolat beradi.

Mamlakatimizning investision dasturlari asosida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati tarkibida tashkil etilgan Jizzax sement zavodi yiliga 350 ming tonna oq, 760 ming tonna portlandsement (kulrang sement) ishlab chiqarish quvvatiga ega eng zamonaviy korxonalardan biri hisoblanadi. Foydalanishga topshirilganidan ko‘p o‘tmay o‘z loyiha quvvatlariga chiqa olgan korxona portlandsement ishlab chiqarishni 1 million tonnaga yetkazish bo‘yicha qiymati 35 million 800 ming dollar bo‘lgan yangi loyihani amalga oshirdi. Mazkur loyiha doirasida ko‘zda tutilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilish asnosida jahon bozorida talabgir bo‘lgan sement mahsulotining 70% dan ziyodi xorijga eksport qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda korxonada energetika mahsulotlarini iqtisod qilish, xom-ashyolardan samarali foydalanish, mahsulot sifatini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida vazifalar izchil davom etib kelmoqda.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech