Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kecha shahrimizdagi OKMK sport majmuasida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oya ostida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi keng nishonlandi.
Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida inson manfaatlari yotganini, amalga oshirilayotgan ishlar xalqimiz farovonligini ta'minlashga qaratilganini ta'kidlab, barchani istiqlol ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.
“Metallurg” madaniyat saroyi va shahar madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan buyuk ajdodlarimizni aks etttiruvchi badiiy kompozitsiya hamda konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari xalq artisti, taniqli opera qo‘shiqchisi Jenisbek Piyazovning xonishlari hamshaharlarimizga bayramona kayfiyat bag‘ishlagan bo‘lsa, estrada xonandalari Bahriddin Zuhriddinov va Mahliyo Omonning sho‘x-shodon qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.
Bayram tadbiri davomida sportchi yoshlarning va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari ham namoyish etildi.
Axborot xizmati