Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yana bir yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi №473-sonli qarori asosida birlashmada "Quruq qurilish aralashmalari (shpatlevka) ishlab chiqarishni tashkil etish" investisiyaviy loyihasi amalga oshirildi.
Joriy yilning 25-mart kuni birlashmada umumiy qiymati 0,3 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarish bo‘yicha uchastkasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur uchastkaning yillik ishlab chiqarish quvvati 15 000 tonnani tashkil etadi.
Qurilish sohasida keng qo‘llaniladigan quruq qurilish aralashmalari mamlakatimizda ishlab chiqariluvchi xom ashyolar - gips, alebastr, bor, sellyuloza, limon kislotasidan ham tayyorlanmoqda.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kombinat va ichki bozordagi quruq qurilish aralashmalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiriladi. Yana bir muhim jihat ushbu loyiha natijasida 18ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.
Axborot xizmati