• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi loyihalar - ravnaq asosi

23 Mart 2023, 16:16 939

Barcha zamon va makonlarda o‘zgarmas tendensiyalar bo‘ladi. Rangli metallurgiya, umuman sanoat sohasi aynan shu tamoyillar asosida ravnaq topaveradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ilmiy, bunyodkorlik salohiyati haqida gap ketganda uning yana bir ilg‘or tarkibiy bo‘g‘ini - Loyiha ishlari boshqarmasining faoliyati diqqatga molikdir.

Boshqarma tarixiga bir qur nazar tashlaydigan bo‘lsak, u o‘tgan asrning 50-yillari oxirlarida Mis-molibden va Qo‘rg‘oshin-rux zavodlarining qo‘shilishi natijasida tashkil topgan bo‘lib, kombinatdagi har bir loyiha mazkur boshqarma nazoratida bo‘ladi.

O‘tgan asrda birinchi galdagi vazifasi shaharni suv va boyitish inshootlari bilan ta'minlash loyihalarini ishlash bo‘lgan boshqarma keyinchalik kombinat tasarrufidagi Gidrometallurgiya sexi va Mis eritish zavodi, shuningdek, Sut-tovar fermasi, Plyonka va paypoq ishlab chiqarish sexlari, ijtimoiy-madaniy ob'yektlarni loyihalash bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Keyingi yillarda “Tong” va “Moviy tog‘lar” sog‘lomlashtirish oromgohlari, oilaviy dam olish maskanlari, “OKMK” sport inshootlari, sanatoriy-profilaktoriy, ko‘p qavatli “Metallurg” yotoqxonalarini rekonstruksiya qilish, qayta qurish ishlari bo‘yicha loyihalar tayyorlanganini ta'kidlab o‘tish kerak.

- Hozirgi kunga kelib boshqarmamizning asosiy ish faoliyati yangi qurilish, alohida texnologik jarayonlarni rekonstruksiya qilish, og‘ir va ko‘p mehnat qiladigan ishlarni mexanizatsiyalash, muhandislik tarmoqlari va inshootlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek namunaviy qurilish maydonchalarini, binolar loyihalarini ulash bilan bog‘liq loyihalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyihalar va smeta hujjatlar asnosida amalga oshirilmoqda.

“Yoshlik I” investitsiyaviy loyihasi, shu jumladan, loyihaviy qiymati 1480 million dollarni tashkil etayotgan yangi 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish ishlariga doir loyiha ishlarini amalga oshirish zimmamizdagi ulkan mas'uliyat albatta, - deydi Loyiha ishlari boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Uraimov.

Loyiha bosh muhandislari byurosi, texnologiya bo‘limi, Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini smetalash va qurilishini tashkil etish loyihalari bo‘limi Arxitektura-qurilish boshqarmasi, Bosh reja va transport sektori, Loyihalarning elektrotexnika qismini ishlab chiqish sektori, Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha yaxlit guruhlar faoliyat yuritayotgan Loyiha ishlari boshqarmasida hozirgi kunga kelib 100 nafardan ziyod ishchi-xodimlar, malakali mutaxassislar ishlab kelishmoqda.

Dilafro‘z ABDUNE'MAT qizi

Bo`lishmoq:
Text to speech