• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi marra va rejalarni birgalikda zabt etamiz

05 Fevral 2024, 8:55 268

Munosabat


Kuni kecha OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanovning Prezidentimizga bergan hisoboti, Davlatimiz rahbarining kombinatimiz faoliyati bilan yaqindan tanishuvi va biz mehnat jamoasiga bildirgan ishonch, e'tibori bugun har bir kombinat xodimini g‘ururlantirishi shubhasiz. 

O‘zbekiston xalqini iqtisodiy farovonligini yuksaltirishda, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda eng yirik ishlab chiqaruvchi va soliq to‘lovchi sifatida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bugungi hissasi juda katta.

Oldimizda yangi kombinatni bunyod etishdek ustuvor maqsad va vazifa turibdi. Shuningdek, 2024-yilga Mis mahsuloti ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazish, shu bilan birgalikda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish rejasini ham oshirish belgilangan.

Prezidentimiz ishlab chiqarish rejalarini bajarishda, biz - kombinat mutaxassislariga juda katta ishonch bildiryaptilar.

Kombinat boshqaruv raisi Abdulla Xursanov 1-fevral kuni Davlat rahbari bilan uchrashib, 2-fevral kuni mehnat jamoalarida Prezidentimizning ezgu maqsad va bizga bildirgan ishonchlarini birma-bir yetkazishlari tagida juda katta ma'no bor. O‘zini Vatani va xalqi xizmatiga doim tayyor deb bilgan kombinatning har bir xodimi buni o‘zi uchun sharaf deb bilishi shart.

Biz Mis eritish zavodi mutaxassislari, ishlab chiqarish ustalari, erituvchilar, kimyogarlar, barcha soha vakillari Prezidentimiz va kombinat rahbariyati bilan bir jamoada, bir ezgu maqsad yo‘lida ekanimizdan faxrlanamiz.

Oldimizga qo‘yilgan yangi marra va rejalarni birgalikda zabt etamiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar, g‘ayrat-shijoat, ilm va salohiyat yetarlidir.

Mis eritish zavodi mehnat jamoasi

Bo`lishmoq:
Text to speech