• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi marralarni zabt etishda konchi-metallurglarga kamarbasta bo‘lamiz!

07 Fevral 2024, 8:36 338

Munosabat

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning yurtboshimizga bergan hisoboti, davlatimiz rahbarining kombinatimiz faoliyati bilan yaqindan tanishuvi va biz mehnat jamoasiga bildirgan ishonch, e'tibori bugun kombinatimiz har bir xodimida faxr tuyg‘usini uyg‘otmoqda. 

Mustaqil yurtimiz aholisi turmush-tarzi darajasini yanada oshirishda, fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda mamlakatimizning rangli metallar ishlab chiqaruvchi bayroqdor korxonasi sifatida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining so‘nggi yillardagi hissasi salmoqlidir.

Oldimizda yangi kombinatni bunyod etishdek ustuvor maqsad va vazifa turibdi. Xususan, 2024-yilda mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazish, shu bilan birgalikda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish rejasini ham oshirish belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlashda biz temiryo‘lchilarga ham katta mas'uliyat yuklanadi. Jumladan, kombinatimiz konlaridan fabrikalarga temiryo‘l transportida ma'dan tashish hajmini 46 570 000 tonnagacha yetkazish yo‘lida barcha imkoniyat va resurlar ishga solinmoqda.

Prezidentimiz ishlab chiqarish rejalarini bajarishda, biz – kombinat mutaxassislariga juda katta ishonch bildirayaptilar.

O‘zini Vatani va xalqi xizmatiga doim tayyor deb bilgan kombinatning har bir xodimi buni o‘zi uchun sharaf deb bilishi shart.

Biz Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi ishchilari va muhandis-texnik xodimlari, kombinat rahbariyati bilan bir jamoada, bir ezgu maqsad yo‘lida ekanimizdan faxrlanamiz.

Oldimizga qo‘yilgan yangi marra va rejalarni birgalikda zabt etamiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar, salohiyat va malakali kadrlar yetarlidir.

 Sirojiddin Manazarov,

Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech