Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi maxsus texnika mehnat samaradorligini ta’minlaydi

07 Sentyabr 2026, 10:26 102

Ma’lumki, har qanday sanoat korxonasida yuqori mehnat samardorligini ta’minlashda zamonaviy texnika vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasiga ADM-U — universal dizelli montaj avtomotritsasi ham korxonada ish unumdorligini oshirishi shubhasiz.

Bundan tashqari, ushbu texnika zamonaviy jihozlangan bo‘lib kabina qismida ishchi- xodimlar uchun qulayliklar mavjud. Bu esa o‘z-o‘zidan ishchilarning ish samaradorligini oshiradi.

Mazkur texnika vositasi temir yo‘llarning kontakt tarmoqlaridagi ishlarni yana-da jadallashtirish, sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida olib kelindi.

E’tiborlisi, ushbu maxsus texnika vositasi kontakt tarmoqlarini montaj qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, balandlikdagi ishlar, yuklarni ko‘tarish va tashish, shuningdek, buzilishlar sodir bo‘lganda tez fursatlarda qayta tiklash ishlarini tezkor amalga oshirish imkonini beradi.

Korxonaning 3-temir yo‘l sexiga olib kelingan yangi texnika STTBning texnik imkoniyatlarini kengaytirib, ish jarayonlarini yana-da samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech