• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi metallurgiya majmuasi hudud taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi

02 Aprel 2024, 13:36 1032

Bugun Olmaliq shahar hokimligida kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilishi ko‘zda tutilgan yangi metallurgiya majmuasini qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov, OKMK mas'ullari, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda shahar faollari ishtirok etishdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qurilayotgan yangi metallurgiya majmuasi bo‘yicha Investitsiyalar departamenti rahbari o‘rinbosari Obid Jonsaidov taqdimot o‘tkazdi.

- Yangi metallurgiya majmuasi “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ–4731-sonli qarori asosida qurilmoqda, - deydi O.Jonsaidov. - Loyihani amalga oshirish natijasida kombinat bo‘yicha mis ishlab chiqarish 2 barobarga, oltin 1,7 barobarga, kumush 1,3 barobarga ortadi.

Bundan tashqari, muhim jihat texnologik zararli gazlarni ushlab qolish darajasi 30 foizga ortadi. Loyihaning amalga oshirilishining dolzarbligi shundaki kombinatda chiqariladigan mis katodi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalari uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Mis katodini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilishi, kabel', mis quvurlari, mis folgasi, mis fitinglari kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirishiga ham xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, xom-ashyoni respublikaning o‘zida qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatga ega yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishini ta'minlaydi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlarini ham yaratilishini alohida ta'kidlash joiz.

Taqdimot davomida ishtirokchilarga loyiha bo‘yicha tarqatma materiallar ham berildi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan loyihaning Olmaliq shahar rivojida tutgan o‘rni, hudud ekologiyasini yaxshilash borasidagi roli haqida ham to‘liq ma'lumotlar taqdim etildi.

Aziz hamshaharlar, Sizlarda loyiha bo‘yicha taklif va e'tirozlaringiz bo‘lsa ularni (+998 70) 619-23-33 telefon raqamiga yoki info@agmk.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘rab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech