Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332-MBFning 70 yilligiga
Bu yil 70 yilligi nishonlanadigan 2-Mis boyitish fabrikasining Maydalash boʻlimida yangi ta’mirdan chiqarilgan zamonaviy va barcha qulayliklarga ega operator xonasi foydalanisjga topshirildi.
Oʻzbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bayrami arafasida foydalanisjga topshirilgan operator xonasining ochilish marosimida OKMK Ijro apparati Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bʻolimi boshligiʻ Ramil Artikxujayev va 2-MBF direktori Hasan Mirahmedov ishtirok etdi. Tadbrida ramziy lenta qirqilib, operator xonasi foydalanishga topshirildi.
Ushbi operator xonasida boʻlimdagi barcha texnologik jarayonlar toʻliq nazorat qilinadi.
Maʻlumot uchun: maydalash boʻlimida texnologik jarayonni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati tomonidan texnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish toʻliq avtomatlashtirildi. Eski ishlab chiqarish toʻxtatilgan КР-300 PLC (dasturlanadigan mantiqiy boshqaruvchi) qurilmasi oʻrniga zamonaviy koʻp funksyali SIEMENS S7-1200 PLC (dasturlanadigan mantiqiy boshqaruvchi) uskunasi oʻrnatildi. Bu texnologik jarayonni boshqarishni avtomatlashtirishda yanada koʻplab imkonyatlarni yaratdi. Bunga misol qilib iqtisodiy jihatdan tejamkor, mahsulot sifatini oshiruvchi, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari kabi omillarga ta’sir etuvchi bir necha rejali ishlarni sanab oʻtish mumkin.
Jumladan, boʻlimda konveyer tasmasi uzoq yirtilishi oldini oluvchi qurilma 2-, 3-, 3a-, 12-, 20-, 21-, 27-, 28- konveyerlarga oʻrnatildi. Bunda konveyer tasmasi kutilmaganda uzoq yirtilishi va ma’dan qabul qilishning toʻxtab qolishi oldi olindi.
Maydalagichlarga moy, suv oqimi va haroratini nazorat qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi natijasida texnologik jarayonni uzoq muddatli toʻxtab qolishi va qimmatbaho ehtiyot qismlarga zarar yetishining oldi olindi. Ma’dan tashuvchi elektrpoyezd, ma’dan qabul qiluvchi bunkerga yaqinlashganda ovozli va yoritgichli signal bilan xodimlarni ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatilishi esa baxtsiz hodisalarning oldini oladi. Bunkerga ma’dan qabul qilish jarayonida chang koʻtarilishi ekologiya va kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida suv bilan chang bosuvchi qurilma ham o’rnatildi. Sanoat suvi sarfini tejash va hisobini yuritish uchun avtomatik suv hisoblagichlar qoʻyildi. Texnologik jaryonni kuzatish va nazorat qilish uchun bʻolim kuzatuv kameralari bilan jihozlandi.
Shuningdek, tegirmonlarga ma’danni teng taqsimlash, ma’dan yoʻqligi sabab texnologik uzulishlar boʻlmasligi uchun lazerli masofa aniqlovchi datchiklar oʻrnatib chiqildi. 29- va 30-konveyer va tegirmonlarga ma’dan yetqazuvchi konveyerdagi tarozilar tafovutini hisoblovchi dastur yaratilib, bunkerlar sathini nazorat qilishga erishildi.
Elektr energiyasi tejamkorligini oshirish hamda maydalagichlarni ma’dansiz ishlab ehtiyot qismlarni befoyda yemirilishini oldini olish maqsadida maydalgichlarni ma’dansiz ishlashini nazorat qiluvchi dastur joriy etildi.
Boʻlimda kelgusida bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, maydalagichlar moy sarfini kamaytirish va operator tomonidan moy sathining doimiy nazoratini olib borish uchun qurilma va datchiklar oʻrnatilishi va dasturga kiritilishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, ma’dan saqlash omboriga sath oʻlchovchi datchik oʻrnatish va dasturga bogʻlash relashtirilgan. Bundan koʻzlangan maqsad ma’dan zahirasini doimiy nazorat qilish va omborxonani toʻldirish jaroyonida konveyer kutilmaganda toʻxtab, reduktor va boshqa qismlarga zarar yetkazishini oldini olishdir.
Maydalagichlar moylash va sovutish tizimlarini nazorat qilish uchun sovutgichga kirish va chiqish joyiga harorat datchigini o’rnatish va dasturga bogʻlash ham belgilangan.
Bir soʻz bilan aytganda yangi operator xonasi bolʻimda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Oʻktam Bekmatov,
2-MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b