"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan OKMK Ayollar kengashi tomonidan korxonalar va tarkibiy bo‘linmalarda "Yangi O‘zbekiston ayollar uchun imkoniyatlar davri" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida tashkil etilgan ana shunday tadbirda uch avlod uchrashuvi o‘tkazilib, unda uzoq yillardan beri fabrikada mehnat qilayotgan ayollar o‘z hayotiy tajribalarini yosh mutaxassis xotin-qizlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Yurtimizda, kombinatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta'minlash borasidagi amaliy natijalardan ayollar mamnunliklarini bildirishdi.
Suhbat samimiy, qizg‘in kayfiyatda, she'rxonlik bazmi bilan ajoyib ruhda o‘tkazildi.
Malohat Dostova,
Mis boyitish fabrikasi Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi