Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi O‘zbekiston yoshlari — Prezident ishonchini oqlashga doim tayyor!

24 Iyul 2026, 10:27 60

Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining samarasini bermoqda.

Ana shunday yuksak e’tibor va yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli men ham o‘z oldimga qo‘ygan ezgu maqsadlarim sari dadil odimlab, turli tanlovlarda munosib natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldim.
Jumladan, 2024- va 2025-yillarda “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, pul mukofotlari bilan taqdirlandim.

Shuningdek, turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichida qatnashib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Ushbu yutuqlar bizni yanada ko‘proq kitob mutolaa qilishga, ilm olishga va jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ilhomlantirdi.

Joriy yilning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganim hayotimdagi eng unutilmas voqealardan biri bo‘ldi. Bu yuksak e’tirof menga yanada katta mas’uliyat yuklab, xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish, doimo o‘z ustimda ishlash va yangi yutuqlar sari dadil intilish uchun kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Yaqin kunlarda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanadi. O‘tgan yillar davomida Yangi O‘zbekiston barcha sohalarda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimizda zamonaviy ta’lim maskanlari, yangi ishlab chiqarish korxonalari qad rostlamoqda. Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Prezidentimizning oqilona siyosati va uzoqni ko‘ra bilishi tufayli yoshlar uchun orzu va maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, xotin-qizlar uchun esa o‘z salohiyatini namoyon etish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratildi. Bu yuksak ishonch va e’tibor bizni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga, bilim va salohiyatimizni Vatan ravnaqi yo‘lida namoyon etishga, Yangi O‘zbekistonning ertangi kunini bunyod etishda faol va mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.

Biz, Yangi O‘zbekiston yoshlari, Prezidentimiz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlashni o‘zimiz uchun sharafli burch deb bilamiz. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va mustaqil O‘zbekistonimizning yanada porloq kelajagi yo‘lida halol mehnatimiz, bilimimiz va fidoyiligimiz bilan munosib hissa qo‘shamiz.

 Ozoda Yunusova,

Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori,

“Kelajak bunyodkori” medali sohibasi

Bo`lishmoq:
Text to speech