"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida muntazam ravishda ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Kuni-kecha o‘tkazilgan “YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘ZGARISHLAR DAVRI: BIRDAMLIK, OCHIQLIK VA TARAQQIYOT mavzuidagi ma’naviy-ma'rifiy tadbirda bir guruh deputatlar ishtirok etdi.
Dastavval Muhandislar maktabida kutib olingan mehmonlar – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Dilorom Fayziyeva, Atxam Nazirqulov, Galiya Rayxanova, Viktor Pak, O‘zLideP Toshkent viloyati kengashi raisi - To‘lqin Fayziyev, “XXI” asr gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil, “Olmaliq KMK” boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov hamda O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi vakillari kombinat muhandislari bilan uchrashdi. Mehmonlar muhandislar maktabida bo‘lib, uning faoliyati ila yaqindan tanishdi va ishchi-xodimlar bilan samimiy muloqot tashkil etildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekison liberal demokratik partiyasiga xayrihoh bo‘lgan bir guruh yoshlarga partiyaning yangi a’zolik guvohnnomalari topshirildi.
Asr bunyodkorligiga mengzalgan 3-mis boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirgan mehmonlar bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlikni ko‘rib, hayratlarini yashirmadilar va ishchi-xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. So‘z olganlar Mamlakatmiizda olib borilayogan istiqbolli islohotlar, el-yurt manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berar ekan, bu borada partiyaning o‘rni, ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tishdi.
Uchrashuvdan so‘ng Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatalari hamda partiya faollari tomonidan Yashil makon umummilliy loyihasi ijrosi yo‘lida yana bir xayrli amal bajarildi va 3-Mis boyitish fabrikasi hududidga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Axborot xizmati