• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi quyultirgichlar yuqori samaradorlikni ta'minlaydi

16 Fevral 2023, 15:6 994

Ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy ishlab chiqarish tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan Mis boyitish fabrikasida keng qamrovli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Mis molibden konsentratlarini saralash va quritish sexida 15-, va 16-sonli yangi quyultirgichlar o‘rnatib bo‘lindi. Hozirda ushbu quyultirgichlarning montaj va yig‘ish ishlari yakuniga yetkazilib, sinov tariqasida ishga tushirildi.

Italiyaning Tenova DELKOR kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu texnologik uskunalar mis konsentratini suvsizlantirish jarayonlarida ishtirok etuvchi  yangi  yuqori tezlikdagi SM-30 rusumidagi markaziy uzatmali, alohida reagent tayyorlash va yetkazib berish stansiyasiga ega.

Ushbu quyultirgichlardan foydalanishni o‘rgatish maqsadida Mis molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi ishchi-xodimlariga qisqa muddatli o‘quv kurslari ham tashkil etilgan.

Bundan tashqari, xuddi shunday yangi 13,14-sonli quyultirgichlarni o‘rnatish uchun esa hozirda yer-tayyorlov ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur quyultirgichlarning o‘rnatilishi amalda ishlatilayotgan uskunalar sonini qisqartirish bilan bir qatorda, quyultirish jarayoni uchun konsentrat zichligi bo‘yicha belgilangan rejaviy ko‘rsatkichni bir me'yorda bajarish imkonini beradi.

Keyingi o‘rinda turuvchi filtrlash jarayonlarining samaradorligini oshiradi.

Yaqin kunlarda ushbu texnologik uskuna to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech