• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi sexda yanada sifatli mahsulot olinadi

08 Avgust 2024, 10:1 1263

Prezidentimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3954-son qarori asosida “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga ko‘ra, ayni paytda Rux zavodida 6-sonli sulfat kislotasi sexini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihaning qiymati 69 393 500 yevro bo‘lib, sex Metso Outotec kompaniyasi loyihasi asosida barpo etilmoqda.

Mazkur obyektning qurilish ishlariga pudratchi tashkilot sifatida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti mehnat jamoasi jalb etilgan.

Qurilish ishlari 2023-yil may oyida boshlangan bo‘lib, sex 2025-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

- Sex qurilishida trestning 4 ta uchastkasi ishtirok etishmoqda. Bugungi kunga kelib, sexning quruq elektrofiltr va Gazni tozalash bo‘limining 1- va 2-liniyalari, tonnel obyektlarida yer ishlari, beton ishlari va anker boltlarni o‘rnatish ishlari yakunlangan, - deydi trest ish boshqaruvchisi Aziz Kamolov. - Shag‘al to‘kish ishlari bajarilmoqda. Hozirda metall konstruksiyalarni yig‘ishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Quritish-singdirish bo‘limining 1- va 2-liniyalari obyektida esa kotlovan qazish ishlari bajarilgan. Armatura to‘qish, beton qo‘yish ishlari olib borilayapti.

Kontakt-kompressor bo‘limi obyektida esa kotlovan qazish ishlari bajarilib, beton ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Kolonnaalar, armatura to‘qish ishlari olib borilayapti.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasining gazni tozalash va shamollatish uskunalarini ta'mirlash bo‘yicha 3-bo‘linmasi ham qurilish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.

Ayni paytda bo‘linmamiz ishchilari yangi barpo etilayotgan 6-sulfat kislotasi sexida elektrofiltrning korpus qismini yig‘ish ishlarini bajarishmoqda, - deydi bo‘linma ustasi Jasur Mirzakimov. - Jami bo‘lib 2ta elektrofiltr yig‘iladi. 1 dona elektrofiltrni yig‘ish uchun 3 oy muddat belgilangan bo‘lib, biz bu ishni 2 oy muddatda bajarishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, turli sig‘imlarni ham yig‘ish ishlarini amalga oshiramiz.

Ushbu yangi barpo etilayotgan 6-sonli Sulfat kislotasi sexining ishlab chiqarish yillik quvvati 180 000 tonna bo‘lib, 2 ta navbatdan tashkil topgan bo‘ladi. Sex ishga tushishi natijasida Kuydirish sexidagi texnologik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazlarni to‘liq qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. E'tiborlisi, hozirgi kunda Rux zavodi sulfat kislotasi sexida 1-navli oltingugurt kislotasi ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, yangi sexda sifati yuqori mahsulot tayyorlanadi. Eng muhimi yangi sex atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishini oldi oladi. Atmosferaga chiqindi gazlarnini chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Ma'lumot uchun: sulfat kislotasi asosan kimyo sanoatida qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, uran radioaktiv moddasini qazib olishda foydalaniladi. Shuningdek, sulfat kislotasi metallurgiyada, neftni tozalashda, bo‘yoqchilik sanoatida, sun'iy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida ishlatiladi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech