• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi tizim taqdimoti o‘tkazildi

19 Sentyabr 2022, 12:23 1796

Bugungi kunda axborot almashinuvi va raqamlashtirish jarayoniga respublikamizning barcha sohalarida katta ahamiyat berilyapti. Imkon qadar “qog‘ozbozlikdan” kechish, ma'lumotlarni elektron shaklda yuritishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.

Mazkur jarayonlar OKMKda ham jadal sur'atlarda amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas.

Jumladan, joriy yilning 12 sentyabridan boshlab kombinatning barcha “Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga onlayn navbatda qo‘yish va yo‘llanma ajratish" tizimi yo‘lga qo‘yildi.

“Metalurg” MSda tizimdan foydalanish va uni keng targ‘ib qilish maqsadida taqdimot o‘tkazildi.

Unda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tassarufidagi bog‘chalarning mudiralari, kombinat korxona tashkilotlarining kasaba uyushmasi qo‘mitalari hamda yoshlar ittifoqi raislari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyalarning mas'ullari ishtirok etishdi.

Taqdimotda so‘z olgan Ijtimoiy bo‘lim boshlig‘i Behzod Salimov, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bosh psixilogi, xotin-qizlar komissiyasi raisi Viloyat Davletova, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi yetakchi muhandis dasturchisi Shahnoza Abdullayevalar elektron tizimning shaffof ishlashi, inson omilining yo‘qligi, uning qulaylik va afzaliklari, qanday foydalanish, ariza to‘ldirish, navbat shakllantirilish va yo‘llanma olish kabi jarayonlarni to‘liq tushuntirishdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, mazkur tizimga kirish uchun @okmk_oylik_bot dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Shundan so‘ng, @agmk_bot orqali shaxsiy login va parol sizga beriladi va saytga havola orqali kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Keyin esa menyudan mening arizalarimiz tugmasini bosasiz va bolaning ma'lumotlari taqdim etasiz.

Barcha maydonlarini to‘ldirib “Qo’shish” tugmasini bosganingizda ariza xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga tasdiqlash uchun yuboriladi. Agar kamchiliklar bo‘lmasa tekshiruvdan so‘ng, bola navbatga qo‘yiladi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar to‘liq javob berishdi.

Endilikda kombinat ishchi-xodimlari ortiqcha vaqt sarflamasdan, onlayn tarzda farzandlarini bog‘chaga navbatga qo‘yib, yo‘llanma olishlari mumkin. Bu esa nafaqat sarsongarchilikni oldini oladi balki shafoflikni ham ta'minlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech