Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi transport vositalari – yuqori mehnat samaradorligi garovi

14 Sentyabr 2026, 9:59 47

2026-yilda belgilangan rejalar hamda Avtomobil transporti boshqarmasining avtoparkini zamonaviy texnika vositalari bilan yangilash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha korxonaga yangi avtotransport vositalari keltirildi.

Jumladan, boshqarma texoparki 5 dona MAN TGS 33.400 rusumli avtosamosvali va 2 dona MAN TGS 26.400 avtosamosvali bilan boyidi.

Zamonaviy MAN TGS 33.400 rusumli avtosamosvalining yuk ko‘tarish quvvati 20 tonnani, MAN TGS 26.400 avtosamosvaliniki esa 30 tonnani tashkil etadi.

MAN TGS 33.400 rusumli avtosamosvalining 5 donasi Xondiza kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatish uchun ATBning 5-sonli avtobazasiga biriktiriladi. Mazkur texnika vositalari kondagi yuk tashish ishlarini uzluksiz va samarali tashkil etishga yo‘naltiriladi.

MAN TGS 26.400 avtosamosvali esa Angren kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatish uchun ATBning 2-sonli avtobazasiga topshiriladi.

Yangi, zamonaviy avtotransport vositalarining ishga jalb etilishi natijasida kon korxonalarida transport xizmatlarining barqarorligi ta’minlanib, yuk tashish hajmini oshirish, texnikalardan samarali foydalanish, yoqilg‘i-moylash materiallari sarfini maqbullashtirish hamda mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari kengayadi.

Shuningdek, yangi texnikalarning foydalanishga topshirilishi Avtomobil transporti boshqarmasining avtoparkini bosqichma-bosqich yangilash va zamonaviy talablarga moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarining muhim qismi hisoblanadi.

Azamat Abdujabborov,

ATB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech