• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi yil bayramiga tadorik

06 Dekabr 2022, 8:24 1490

Joriy yilning 2-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov “Yangi yil bayramini ko‘tarniki ruhda kutib olish, tarkibiy bo‘linmalar hududlari va binolarini, Olmaliq shahrining biriktirilgan ko‘chalarini bezash to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi hamda tarkibiy bo‘linmalarda yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, buyruqda kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari 2022-yil 20-dekabrga qadar tarkibiy bo‘linmalar hududlari va binolari, Olmaliq shahrining biriktirilgan ko‘chalarini bayramona ruhda bezatilishini ta'minlashlari belgilangan.

Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilariga yangi yil bayram munosabati bilan oziq-ovqat jamlanmalari yetkazib berilishi belgilangan.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan maxsus maktab internatlariga yangi yil sovg‘alarini bepul yetkazib berishni tashkil etish vazifasi ham buyruqda aks etgan.

Buyruqqa ko‘ra, shahrimizning “Oltin olma” xiyoboni hududi hamda “Metallurg” MS hovlisi oldiga o‘rnatiladigan Yangi yil archalari ham bolajonlarga zavq bag‘ishlashi shubhasiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech