• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi yil sovg‘alari bolajonlar uchun

20 Dekabr 2023, 14:15 662

Mana, yangi yil bayrami ham yaqinlashib kelmoqda. Ushbu bayramdan har bir inson yaxshilik axtaradi, yaxshi niyatlar qiladi. Ayniqsa, bolajonlar mo‘jizalar kutishadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ham Yangi yil bayrami sovg‘alari bilan bolajonlarga quvonch ulashishmoqda.

Jumladan, kombinat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari(3376 nafar)ga, OKMK ishchi-xodimlarining nogironligi bo‘lgan farzandlari(350 nafar)ga hamda ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli boquvchisini yo‘qotgan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar(36 nafar)ga turli xil shirinliklardan iborat bayram sovg‘alari tarqatilayapti.

Shuningdek, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga homiylik yordamini ko‘rsatish uchun biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktab internatlariga ham beg‘araz yangi yil bayrami sovg‘alari ajratildi.

Xususan, Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab internati(177 nafar), Olmaliq shahar 6-sonli maxsus yordamchi maktabi(160 nafar), Piskent tumani 79-sonli maxsus maktab internati(275 nafar), Angren shahar 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktab(158 nafar), Angren shahar 34-sonli yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar maktab internati(186 nafar) o‘quvchilariga Yangi yil bayrami sovg‘alari tuhfa etiladi.

Shuningdek, kombinat ishchi-xodimlarining 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari(30602 nafar)  hamda ko‘p bolali va kam ta'minlangan oilalarning farzandlari(743 nafar) uchun imtiyozli narxlarda bayram sovg‘alari ulashiladi.

Bundan tashqari, “Bola qalbi quvonchga to‘lsin” nomli aksiyasi ham tashkil etilib, unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor 28 nafar bolajonlarning uylariga qorbobo va qorqiz hamrohligida borilib, sovg‘alar beriladi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi,

Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech