Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan kombinat ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ko‘plab spektakl namoyishlari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 12-aprel kuni soat 15:00 va 17:30da “Metallurg” madaniyat saroyida ssenarist va komediograf Miraslav Mitrovich qalamiga mansub “Yarim tundagi o‘g‘rilik” p’esasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu spektaklda rollarni xalq ardog‘idagi san'atkorlar va O‘zbekiston davlat drama teatri aktyorlari ijro etishdi.
Miraslav Mitrovich qalamiga mansub “Yarim tundagi o‘g‘rilik” pe’sasi asosida sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida bo‘lib, jamiyatdagi ochko‘zlik, talonchilik illatlari kulgu ostiga olinadi. Spektaklda jamiyatda hukm surgan ikkiyuzlamachilik, birovning haqidan qo‘rqmaslik, o‘zbo‘larmonlikni odat qilgan kimsalar kulgu orqali tanqid qilinadi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o‘zgarishiga qaramay bugungi jamiyatda borligini, aslida jamiyatni izdan chiqarayotgan kichkina o‘g‘riliklar emas, yashirin eshiklar orqasidagi, ko‘zlardan pana joyda amalga oshirilayotgan talonchiliklar ekanidan tomoshabinni ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas, jamiyatda har qadamda duch kelinayotgan voqealarni, o‘zi tanigan insonlarni ko‘radi. Spektakl so‘nggida esa o‘zi izlagan savollariga javob ham topadi.
Axborot xizmati