• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bir yillik tadbir emas”

29 Mart 2025, 20:26 779

Bahor fasli - borliqning uyg‘onish, yangilanish faslidir. Ko‘klam kelishi bilan hamma joylarda obodonlashtirish, ko‘chat va gul ekish ishlari boshlanadi.

Bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni aylandi.

Dastlab, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismida bo‘lgan Abdulla Xursanov qismdagi issiqxonani ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, senator Piskent tumanida joylashgan, davlat muhofazasiga olingan “Qirqqizota” ziyoratgohida ham bo‘lib, kombinat mas'ullari zimmasiga ushbu hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini yukladi.

Mazkur ziyoratgoh yaqin kelajakda barcha talablarga javob beradigan turizm maskaniga aylanishini ta'kidladi.

Shuningdek, Abdulla Xursanov shaxsiy namuna sifatida bahorgi ko‘chat ekish tadbirlari doirasida ziyoratgoh hududiga daraxt ko‘chatini ekdi.

- Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Ko‘p ming sonli kombinat mehnat jamoasi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib kelmoqda. Bugun biz tabiatga mehr va e'tibor bersak kelajak avlodimiz munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun barchamiz mas'uliyatni his etib yer va suv resurslarini asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishimiz lozim, - deydi Abdulla Xursanov.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu