• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yashillikka burkanayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi

18 Iyun 2025, 10:12 387

Ekologik barqarorlikni ta’minlash, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish va aholining hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ham faol ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021 yildan boshlab amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida 3-Mis boyitish fabrikasida ham keng ko‘lamli ishlar bajarib kelinmoqda.

Fabrika direktorining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari  Rustam Rasulovning ma’lum qilishicha, fabrika qurilishiga start berilishi bilan hududida “Yashil makon” loyiha doirasidagi ishlar ham boshlab yuborilgan.

Xususan, umumiy 30 gektardan ziyod yer maydoniga shu kunga qadar jami bo‘lib 28 606 tup archa, qayrag‘och, tut, devorgul, pavlovniya, tol, sada qayrag‘och, bodom, gilos, tut, olxo‘ri, tut, yong‘oq, olma, o‘rik, shaftoli, behi, aylant kabi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, 35 080 tup, qayrag‘och, olma, do‘lana, tog‘ olchasi, anjim, uzum, gul devor, atirgul, chirmoviqgul, yong‘oq qalamchalari o‘tqazib chiqildi.

Ekilgan daraxt nihollari va qalamchalarini sug‘orish uchun sig‘imi fabrikaning kuzatuv maydonchasida sig‘imi 25 m3  bo‘lgan 2ta suv rezervuari o‘rnatildi. Shuningdek, nihollarni sug‘orishda suv resurslarini tejash maqsadida 30 km tomchilatib sug‘orish va forsunkali yomg‘irlatib sug‘orish tizimlaridan ham foydalanilayapti.

“Yashil makon” loyiha doirasida ekilgan nihollarni parvarishlash uchun ishchi-xodimlar hududga biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan doimiy ravishda ko‘chatlarga agrotexnik ishlovlar berib boriladi.

Bundan tashqari, hududni obodonlashtirish ishlari ham keng ko‘lamda olib borilmoqda. Jumladan, fabrikaning ma’muriy-maishiy binosining atroflariga, hududga kirib kelish qismidagi yo‘lning ikki chetiga gul ko‘chatlari ekilib, bardyurlar oqlandi. Kirish qismiga o‘zbek va rus tilida 3-Mis boyitish fabrikasining nomini aks ettiruvchi banner o‘rnatildi.

Mega loyiha doirasida barpo etilayotgan fabrika qurilishidan to bugungi kunga qadar bo‘lgan jarayonlarni kuzatar ekanmiz, yildan yilga fabrika sanoat zonasi yashillik bilan burkanayotganligiga guvoh bo‘lamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech