• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yevroosiyo metallurglar Federatsiyasi tomonidan tizim xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

25 Noyabr 2022, 13:49 1248

Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari Yevroosiyo metallurglar Federatsiyasining rejasiga asosan Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan 23 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

Seminar doirasida tinglovchilar “Turkiya Respublikasining mehnat qonunchiligi”, “Jamoa shartnomalarini tuzish bo‘yicha muzokaralar jarayoni”, Turkmetal kasaba uyushmalariga qarashli “Arçelik” (Beko) zavodi kasaba uyushmalari faoliyati hamda mehnatkashlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Qisqa muddatli o‘quv yakuni bo‘yicha olingan tajribalar muhokama qilinib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur seminarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mas'ul xodimi Bahodir Miralimov ham ishtirok etdi.

Manba: kasaba.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech