Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har yili an'anaviy o‘tkazib kelinadigan “Yil ayoli” milliy tanlovi Respublikamiz bo‘ylab, tashkil etilmoqda.
“Yil ayoli” milliy tanlovining dastlabki saralash bosqichida Kombinat bo‘linmalaridan 6 nafar faol ayollar ishtirok etishdi. O‘z atrofida 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni birlashtiruvchi mazkur tanlovning hududiy bosqichi uchun munosiblar saralanmoqda. Ta'kidlash kerakki, OKMKda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan faol xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Eng faollarni aniqlash va namuna sifatida namoyon qilish maqsadida 16-noyabr kuni Metallurg MSda saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasidan Oqila Ergasheva, 2-MBFdan Zamira Aldaberdiyeva, Metallurg MSdan Matluba Turg‘unova, MTMZ iqtisodchisi Zumrad Norqulova, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi muhandisi Dilfuza Abdurashidova, 39-MTT mudirasi Ozoda Kamolovalar bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ishtirokchilar savol-javob, o‘z faoliyatidan videolavhalar hamda erkin mavzu shartlari asosida bellashdilar.
Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bosh psixologi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Viloyat Davletova boshchiligidagi hakamlar hay'ati ishtirokchilarni tayyorgarligi, har bir chiqish va faoliyatining ahamiyatlilik darajasiga qarab, baholab borishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 39-MTT mudirasi Ozoda Kamolova 129 ball bilan g‘olib deb topildi. Ozoda Kamolova keyingi hududiy bosqichlarda ishtirok etadi.
Axborot xizmati