• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yil hamshirasi

15 May 2024, 9:17 242

12-may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi MTT larda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamshiralar o‘rtasida “Yil hamshirasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirdan maqsad MTT hamshiralarining kasbiy mahoratini oshirish, bilim va ko‘nikmalarining darajasini aniqlash, potensialini ochib berish.

Ushbu tanlovning saralash bosqichida barcha MTT hamshiralari qatnashishdi. Ulardan 5 nafari - 18-, 31-, 20-, 33- va 35-MTT hamshiralari final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Yakuniy bosqichda ishtirokchilar “Kasbim- mening faxrim”, “Muammoli vaziyat” va “Erkin mavzu” shartlarida bellashishdi.

Natijalarga ko‘ra eng yuqori ball bilan 1-o‘rinni 20-MTT hamshirasi Feruza Babayeva qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni 31-MTT hamshirasi Dilafruz Yo‘ldosheva egalladi. 3-o‘rin 33- MTT hamshirasi Dilobar Karimovaga nasib etdi. 

G‘oliblarga IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

G. Xolmirzayeva,

IOB Kasaba uyushmasi qo‘mitasining Tashkiliy ishlar komissiyasi raisi,

33-MTT uslubchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech