• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yil mudirasi

15 Sentyabr 2023, 8:47 975

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari o‘rtasida “Yil mudirasi” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

MTT mudiralarining kasbiy mahorati, maktabgacha ta'lim uslubiyoti bo‘yicha malakalari hamda rahbarlik ko‘nikmalarining darajasini aniqlash, ular o‘rtasida rahbarlik faoliyati bo‘yicha tajriba almashish, rahbarlik qilish jarayonida innovatsion yondashuv va ijodkorliklarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov saralash va asosiy bosqichlarda o‘tkazildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, “Kasbim – mening faxrim” mavzusida ishtirokchilar o‘z pedagogik faoliyatlari va bu boradagi erishgan yutuqlari haqida erkin tarzda ma'lumot berishlari talab etildi. Shuningdek, “Bring battle” shartida ishtirokchilar “Sirli qopchadan” topshiriqlar soni yozilgan sharchani olishib, undagi topshiriqlarni bajarishdi. Har bir ishtirokchi 2tadan MTT faoliyatini me'yoriy hujjatlar va innovatsion yondashuv asosida tashkil etishi, maktabgacha ta'lim-tarbiya berish uslubiyoti bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdi.

“Innovatsion ustaxona” shartida esa ishtirokchilar oldindan tayyorlanrgan materiallardan sahnaning o‘zida ta'lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan qo‘llanma yasashlari va ushbu qo‘llanma taqdimotini o‘tkazib berishlari talab etildi.

IOB Maktabgacha ta'lim bo‘limi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining ish rejasiga muvofiq va MTB boshlig‘i Saodat Teshabayevaning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan tanlovda 4-MTT mudirasi Sojida Umarova faxrli 3-o‘rinni egalladi.

18-MTT mudirasi Gulchehra Rashidova 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Barcha shartlarni a'lo darajada bajargan 39-MTT mudirasi Ozoda Kamolova “Yil mudirasi” deya e'tirof etildi.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech