"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Avtomobil transporti boshqarmasida (ATB) yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilar o‘rtasida mehnat intizomini mustahkamlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda OKMK Transport va logistika departamenti hamda ATB rahbariyati, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mas’ullari, muhandis-texnik xodimlar va haydovchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini kamaytirish, haydovchilarning ish va dam olish rejimini nazorat qilish hamda xavfsiz harakatlanish madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra, qoidabuzarliklarning asosiy qismi tezlik me’yoriga amal qilmaslik oqibatida sodir bo‘layotgani qayd etildi.
Tadbir davomida haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, yo‘l-transport hodisalari aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, qoidabuzarliklarga nisbatan intizomiy choralarni kuchaytirish, KPI ko‘rsatkichlari asosida ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish hamda takroriy qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Azamat Abdujabborov,
ATB Yoshlar ittifoqi raisi