• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yo’llarda xushyor bo’ling

12 Dekabr 2022, 13:55 675

Joriy yilning 9-dekabr kuni Avtomobil transporti boshqarmasi 1-sonli avtokorxonasida "Harakat havfsizligi oyligi" doirasida Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'limi, kasaba uyushmasi qo'mitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Toshkent viloyati 1-sonli IIB YHHB xodimi A.Djumanbetov, “Olmaliq KMK” AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo'limi boshlig'i o'rinbosari E.Qoraboyev, ATB boshlig'ining tovar moddiy boyliklarini saqlash bo'yicha o'rinbosari D.Xamzayev, MM va HH bo'yicha boshliq o'rinbosari SH.Ergashev, Olmaliq shahar IIB YHHB xodimi J.Nazarovlar ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, shahrimizdagi 5-maktabning o'quvchilaridan tashkil topgan bir guruh faol yoshlar ham tadbirda qatnashdi. Ular tomonidan tashkil etilgan harakat havfsizligi mavzusidagi sahna ko'rinishi va viktorina tadbirni yanada qizg'in o'tishini ta'minladi.

Yig'ilishda barcha mutasaddilar o'z yonalishlari bo'yicha haydovchilarga tegishli ko'rsatmalarini berib o'tishdi.

Tadbirda 5-maktab o'quvchilari va viktorinada faol ishtirok etgan yosh haydovchilar kasaba uyushmasining maxsus sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

J.Tog'ayev,

ATB boshlig'ining yoshlar masalalari bo'yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech