• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yong‘in xavfsizligini ta'minlash asosiy vazifa!

31 May 2022, 8:21 1859

Joriy yilning 26 may kuni «Olmaliq KMK» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida «Favqulodda vaziyatlar, favqulodda holatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash asosiy vazifa!» mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Birlashma direktorining xavfsizlik  masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Erbutayev, Chirchiq shahar FV bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor R.Egamberdiyev, OKMK Fuqaro muxofazasi otryadi komandirining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari R.Qurbonov hamda birlashmaning bosh mutaxassislari, ishchi-xodimlari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujina rahbarlari va a'zolari ishtirok etdi.

Seminarda obyektlar xavfsizligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Erbutayev  yig‘ilganlarga birlashmadagi yong‘in xavfsizligi holati, ishlab chiqarish texnologik jarayonida va ishlab chiqarish asbob-uskunalarida yong‘in chiqish xavfini kamaytirish, elektr tarmoqlari va elektr asbob-uskunalaridan xavfsiz foydalanish, yong‘inga qarshi suv ta'minoti, yong‘inga qarshi talablarga rioya qilish, yong‘inlarni oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar xaqida ma'lumot berib o‘tdi.

Tadbirda R.Egamberdiyev sanoat ishlab chiqarish maskanlarida, tashkilot va turar joy binolarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining ustuvorligini ta'minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalar, ularning oqibatlarini bartaraf etish va tarkalishini oldini olish, nosoz elektr asbob-uskunalaridan foydalanmaslik, tez alanga oluvchi va yonuvchi vositalardan foydalanish xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong‘inning ayanchli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

2022 yilning 5 oyi davomida Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan yong‘inlarning asosiy omillari va sabablari muhokama etildi.

O‘z navbatida so‘zga chiqqan  R.Qurbanov favqulodda holatlar va favqulodda holatlar vaqtida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish, bartaraf qilish, ishchi-xizmatchilarning harakati, o‘z xavfsizliklari va yaqinlarining hayoti hamda mol-mulklarini yong‘indan himoya qilish, is gazidan zaharlanish holatlarini kelib chiqishiga olib keluvchi omillar  xususida gapirib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida “Is gazidan zaxarlanish”, “Dunyoda va Respublikamizda sodir bo‘lgan yong‘inlar”, “Farzandlaringizni yolg‘iz qoldirib, hayotiga zomin bo‘lmang” nomli videoroliklar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga ko‘ra birlashma hovlisida 420 nafar ishchi xizmatchilar o‘rtasida yong‘in xavfini oldini olish, favqulodda holat sodir bo‘lganda xarakatlanish tartibi, insonlarni evakuasiya qilishni tashkil etish yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Zamonoviy yong‘in o‘chirish texnikalari va asbob-anjomlari bilan tanishtirildi, suhbat davomida yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech