Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 20-mart kuni Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida “Yong‘inni bartaraf etish va qutqaruv ishlarini tashkil qilish” mavzusida kompleks-maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Fuqaro muhofazasi otryadi, 51-sonli kasbiylashgan yong‘in qutqaruv qismi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ssenarysiga ko‘ra, ro‘y bergan zilzila oqibatida boshqarma hududidagi elektr qurilmasida yong‘in sodir bo‘ladi. Yong‘in bo‘layotgan joyda ishchi qolib ketadi.
Dispetcher zudlik bilan holat bo‘yicha boshqarma rahbariyatini va boshqa qutqaruv xizmatlarini xabardor etdi. Yong‘in o‘chirish xizmati tezkor xodimlari tomonidan zudlik bilan yong‘in bartaraf etildi. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchi voqea joyidan evakuatsiya qilinib, tibbiy xizmat xodimlari unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishdi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida FM otryadi komandiri K. Dushanov, IChAB boshlig‘i V. Irismetov, IChAB bosh muhandisi N. Gareyevlar so‘zga chiqishib, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish, yong‘inni oldini olish, bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Azizbek Ilhomov,
IChAB ishlab chiqarish bo‘yicha muhandis