Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki 2024-yil kuz-qish mavsumi munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi”, deya e'lon qilindi.
Oylik doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri 4-dekabr kuni Angren kon boshqarmasi “Ko‘chbuloq” shaxtasi Semg‘uron uchastkasida tashkil etildi.
Tadbirda OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini tashkil etishni ta'minlash bo‘limi xodimlari, Angren KB bosh muhandisi v.b. J.Jurayev va FV muhandisi R.Davlatov, muhandis - texnik xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Angren kon boshqarmasi bino va inshootlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha profilaktika tadbirlari amalga oshirilayotganligini, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, o‘t o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida aytishib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma'lumotlarni berishdi.
Qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimoli oshishiga olib kelishi mumkin.
«Yong‘inni o‘chirgandan ko‘ra, uning oldini olish maqsadga muvofiq» shioriga amal qilib nazoratni kuchaytirish, bir yoqadan bosh chiqarib yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozimligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida yong‘inni bartaraf etish uskunalaridan qanday foydalanish ham ko‘rsatib berildi.
R. Davlatov,
Angren KB FV muhandisi