Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasiga "Ohangaronsement" AJ mutaxassislari tashrif buyurishdi.
Mehmonlar tashrif davomida Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasida raqamlashtirish doirasida joriy qilingan "Yonilg‘i nazorati tizimi"i bilan tanishishdi.
Shuningdek, mehmonlar Texnologik transport boshqarmasi va "Yoshlik-1" konidagi yoqilg‘i quyish shahobchalariga ham borishdi.
Mehmonlarga avtomatlashtirilgan tizimning qulaylik va afzalliklari, samardorligi haqida ma'lumot berildi.
Ma'lumot uchun aytish mumkinki OKMKda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash maqsadida jami 1700 ta transport vositasida “GPS” monitoringi amalga oshirilib, yonilg‘i nazoratini bajaruvchi “Wialon” tizimi ta komillashtirildi. Natijada transport vositalarining ish jarayonini to‘liq tahlil qilish va ulardan foydalanish samaradorligi oshirilib, joriy yilning 8 oyida 9350 tonnadan ziyod yonilg‘i (117 mlrd so‘m) iqtisod qilindi.
OKMK Axborot xizmati