Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida istiqbolli kon sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
“Yoshlik-1” koni kon-transport kompleksi va infratuzilma ob'yektlarini qurilishi bo‘yicha direksiyasi tog‘-kon bo‘limi boshlig‘i Alisher Turdiyevning ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda tog‘-kon va transport uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 293,7 mln. dollar miqdoridagi import shartnomalari asosida 550 dan ortiq uskunalar yetkazib berildi. Shuningdek mamlakatimizning mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan umumiy qiymati 83,9 mlrd. so‘mlik shartnomalar tuzilib, 112 dona transport uskunalari yetkazib berildi.
Konni o‘zlashtirish ishlariga 2 dona EKG-10 ekskavatorlari, 15 dona EKG-15M ekskavatorlari, 6 dona EKG-20K ekskavatorlar hamda 1 dona EKG-20KM ekskavatori (25 m3) safarbar etilgan. Bundan tashqari, 18 dona, SBSh-250 burg‘ulash uskunalari, 3 dona kompressor bilan jihozlangan SBU-100 burg‘ulash uskunalari, 54 dona 130 t va 29 dona 220 t yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan BelAZ avtosamosvallari kon ishlariga jalb etilgan.
Shuningdek, konda 3 dona suv sepish mashinalari, 60 dan ortiq yo‘l qurilish texnikalari, 5dona TEM teplovozlari 116 dona 2VS 105t dumpkarlar, 96ta 115t dumpkarlar, 3 dona zaryadlash va aralashtirish mashinalaridan foydalanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda konda kon-kapital qazib olish ishlari olib borilayapti.
2021- yilda reja ko‘rsatkichi 40,0 mln. m3 belgilangan edi. Amalda 40,3 million m3 kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilib, bashorat ko‘rsatkichi 100,7 % ni tashkil etdi.
Konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 108,0 mln. m3 reja ko‘rsatkichiga nisbatan 96,3 mln m3 hajmda kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan holda ko‘rsatkich bajarilishi 112,1% ni tashkil etganini alohida ta'kidlash joiz.
2022-yilda 45,0 mln. m3 reja belgilangan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon 14-fevral holatiga 4,2 mln m3 ortiq kon kapital qazib olish ishlari bajarildi. Kunlik reja ko‘rsatkichi esa 109,6 ming m3 etib belgilangan.
“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yangi kon transport uskunalarining kelishi, shuningdek, “Yoshlik I” konida kon kapital qazib olish, kon ochish ishlari hajmining oshishi munosabati bilan hamda kon ishlarini sifatli boshqarishni ta'minlash uchun konda 2021 yil 13 avgust kuni “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” va “Barakali” karyerlari tashkil etildi.
O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, G‘arbiy yo‘nalishda maydalash uzatish qurilmasi(MUQ) uchastkasini hamda 2022 yilda qurib bitirilishi rejalashtirilgan vertikal tartibdagi g‘arbiy Siklik oqim texnologiyasi(SOT) ruda kompleksining kapital transheyasi va konveyer yo‘llarini tayyorlash uchun kon ishlari olib borilmoqda (688, 665, 650, 635, 625m gorizontlarida). Bugungi kunda SOT ruda va konveyer yo‘llari maydonchasini tayyorlashda 5 dona EKG – 20K ekskavatorlari va 4 dona burg‘ulash uskunalari jalb qilinib, 12,0 mln. m3 umumiy hajmdan, 9,6 mln. m3 hajmdan ortiq qazib olish ishlari bajarildi.
Janubiy yo‘nalishda MUQ uchastkasini hamda 2022-yilda qurib bitirilishi rejalashtirilgan vertikal tartibdagi janubiy Siklik oqim texnologiyasi bo‘sh tog‘ jinsi kompleksining kapital transheyasi va konveyer yo‘llarini tayyorlash uchun kon ishlari olib borilib, 7,3 mln. m3 umumiy hajmdan, 3,4 mln. m3 hajmdan ortiq qazib olish ishlari bajarildi(770, 755, 740, 725, 710, 695, 680m gorizontlarida).
Konveyer trassasini qurilish ishlarini jadallashtirish uchun 3 dona ekskavator va 3 dona burg‘ulash uskunasi jalb etilgan.
SOT bo‘sh tog‘ jinsi kompleksining loyihalash ishlarini bosh loyihachi “Giprosvetmet” AJ amalga oshirayapti. Hozirda qurilish ishlari bo‘yicha potensial pudratchilarni tanlash jarayoni olib borilmoqda.
“TP-8” podstansiyasi bo‘yicha tuproq qazish ishlari 703,7 mln. so‘mga bajarildi. Podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari tanlovi dalolatnomalari tuzildi.
“TP-9” podstansiyasi bo‘yicha podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari tanlovi dalolatnomalari tuzildi.
“TP-10” podstansiyasida podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari variantlarini tanlovi ko‘rib chiqilmoqda.
2022-yilda yana bir qator ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, TP-8 va TP-9 podstansiyalarni loyihalash va qurilish ishlarini, Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi ob'ektidagi mavjud, loyihalash va rekonstruksiya qilish lozim bo‘lgan temir yo‘llarni loyihalash ishlarini, Portlovchi materiallar zavodi ob'yekti va infratuzilmalari bo‘yicha loyihalash ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, SOT ruda va janubiy SOT-2 yakuniy konturini ishchi hujjat bilan birgalikda taqdim etilishi, texnik iqtisodiy asosga ko‘ra, qo‘shimcha avtosamosvalni harid qilish belgilangan.
“Yoshlik-1” koni hududi 11 ming gektarni tashkil etib, zaxirasi esa yiliga 65 million tonna ma'dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor.
Sherzod Tilovberdiyev,
veb muharrir