• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yot g‘oyalarga ergashmang!

02 Noyabr 2022, 13:24 884

Joriy yilning 25-oktyabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish va milliy mentalitetimizga yot g‘oyalarning ommalashishiga qarshi kurashish borasida fikr yuritildi.

Tadbirda 2-MBF direktori H.Miraxmedov, “Ramazoni sharif” jome' masjidi bosh imom hatibi S.Ernazarov, OKMK kasaba uyushmasi kengashi psixologi V.Davletova hamda Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy mahallalari raislari va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fabrika ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Usmon Nosir hamda Abdulla Qodiriy mahallalari hamda fabrika yoshlari orasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilik, mayda tashmachilik, korrupsiya, totalizator kabi virtual qimor o‘yinlariga berilmaslik targ‘ib qilindi. Shuningdek, keyingi vaqtlarda turmush qurish yoshidagi shaxslar orasida ommaviy “urf”ga aylanib borayotgan unashtiruv kunidagi, milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan, “romantik kecha”lar va ularning ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan keltirib chiqarayotgan zararlari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. 

Tadbir chog‘ida yig‘ilganlarga videorolik ham namoysh etilib, jamiyatimizdagi illatlarning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.

D.Hamzayev,

2-MBF direktorining tartibot va Tovar moddiy boyliklarini

butligi bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech