Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, hamkor tashkilotlarning rahbarlariga «Namunali xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari topshirilmoqda.
Bugun OKMKga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni, polkovnik Jur'at Yoqubov tashrif buyurib, Mudofaa vazirining ushbu buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovga Mudofaa vazirligining III darajali «Namunali xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.