• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik

09 Noyabr 2022, 15:1 843

Bugun shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuasida 11 noyabr - “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati ”Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi mas'ullari, viloyat korxona-tashkilotlarining kasaba uyushmalari vakillari, OKMK tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan “Olmaliq KMK”AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi Murodjon Nosirov ham kasaba uyushmalari vakillarini bayram bilan qutladi.

Tadbir davomida kasaba uyushmasi faoliyatida ilg‘or bo‘lgan 4 nafar xodimi 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan 6 nafari esa Faxriy Yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 12 nafar xodimga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi tomonidan ham bir guruh faol soha vakillari tashakkurnoma ham esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirning badiiy qismida “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlanga konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, o‘zbek estradasining yorqin yulduzi Iroda Allaberganovaning sho‘x shodon qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.

Taniqli so‘z ustalarini o‘zida jamlagan “Qahqaha” guruhi tomonidan ijro etilgan ichakuzdi hangomalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech