• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 9 oyda 772 529 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

05 Oktyabr 2022, 10:47 1193

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyida 772 529 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, reja 125,4%ga bajarildi.

Jumladan, asosiy ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lgan mis eksportida reja 112,7%ga uddalangan holda, 60064 tonna mis mahsulotlari xorijga jo‘natilgan.

Shuningdek, 54 887 tonna mis katodi eksport qilinib, reja 122,8%ga bajarilgan. Mis kuporosi eksportida 7248 tonnalik natija qayd etilib, reja 128,7%ga uddalangan.

Rux mahsulotlari eksportida 9 oylik yakunlar bo‘yicha hamon yuqori natija saqlanib qolingan. Bu yo‘nalishda reja 129,6%ga bajarilib, 46661 tonna ushbu mahsulot importyorlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, 46266 tonna rux metalli eksporti amalga oshirilib, reja 128,5%ga bajarilgan.

Kadmiy metali eksportida ham 9 oyda yuqori natijalar qayd etilgan. Xaridorlarga 329 tonna kadmiy yuborilib, reja 109,7%ga bajarilgan.

Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natijalar kuzatilmoqda. Xususan, reja 135,5%ga bajarilib, 596 tonna mahsulot xaridorlarga sotilgan.

Qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida reja 107,4%ga bajarilib, 19657 tonna ushbu mahsulot xorijga jo‘natilgan.

Shuningdek, kombinat tarkibidagi Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan mahsulotlar eksportining 2022 yil uchun belgilangan rejasi muddatidan avval bajarishga erishildi. Birlashma mehnat jamoasi tomonidan 24,64 mln dollarlik mahsulot eksport qilinib, reja 311,1%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Ma'lumot uchun, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Pol'sha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Joriy yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi yanada kengaydi. Jumladan, yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Ushbu davlatlar asosan mis mahsulotlarini xarid qilishmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech