Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Zakovat”da Angren kon boshqarmasi jamoasi g‘olib

03 Dekabr 2025, 10:19 156

Kombinatning “Sovg‘alar to‘g‘risida”gi Nizomiga ko‘ra, kombinat xodimlari mehmondo‘stlik sifatida bildirilgan taklifning beg‘arazligiga shubha sezganda, ushbu taklifni darhol rad etib, bu haqida qaysi ikki shaxs yoki bo‘linmaga xabar berishi shart?

Joriy yilning 2-dekabr kuni “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan OKMK Komplayens xizmati, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” shiori ostida tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini yuqoridagi savol bilan boshlandi.

Intellektual o‘yinda 20 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

O‘yin avvalida jamoalar tomonidan sana munosabati bilan fleshmob tashkil etildi.

Jamoalar o‘yin davomida 2 turda 20 ta korrupsiyaga  qarshi kurashish, qonunchilikka oid  savollarga javob izlashdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda barcha jamoalardan ko‘ra yaxshi natija qayd etgan Angren kon boshqarmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rinni Moddiy texnik ta’minot boshqarmasi egalladi.

Uchinchi o‘rin Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.

G‘oliblar yaqin kunlarda OKMKda korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”da rag‘batlantiriladi.

*Ha, aytganday, yuqoridagi savolning javobi rahbariga yoki Komplayens xizmatiga edi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech