• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Zakovat"da ayollar bellashuvi

07 Mart 2023, 9:54 1328

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi ayollar o‘rtasida OKMK Yoshlar ittifoqi va kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Unda 13ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Intellektual o‘yinda ayollarga oid mantiqiy savollarga ishtirokchilar belgilangan vaqtda javob berishlari talab etildi.

O‘yin yakuniga ko‘ra, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoasi ayollari faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasining 2ta jamoasi 1- va 2-o‘rinlarni band etishdi.

Jamoalarning barcha a'zolariga badiiy adabiyotlar hamda g‘olib jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech