"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O'quv markazida 11 noyabr - “O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Ijro apparati kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
O'yinda O'quv markazi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Axborot xizmati, Loyiha ishlari boshqarmasi, Ijro apparati, Moddiy-texnik ta'minot boshqarmasi jamoalari qatnashdi.
O'yin ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi boshqichda eng yuqori ball olgan uch jamoa final bosqichiga o'tishdi.
Final boshqichi qizg'in va murosasiz o'tdi. Natijalar teng bo'lganligi sababli qo'shimcha savollar o'ynalib g'oliblar aniqlandi.
Qo'shimcha berilgan savollar natijalariga ko'ra, Loyiha ishlari boshqarmasi jamoasi 3-o'rinni egalladi. Ijro apparati jamoasi 2-o'ringa loyiq ko`rildi. O'quv markazi jamoasi o`yin g'olibi bo`lishdi.
B.Niyazmetov,
O'quv markazi yetakchi muhandisi