Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Issiqlik elektr markazi nafaqat kombinat tarkibiy bo‘linmalarini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta'minlab keladi balki qishning sovuq kunlarida shahrimizdagi ijtimoiy obyektlar va ko‘p qavatli uylarni ham isitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur mehnat jamoasi tomonidan kuz-qish mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Markaz texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Farrux Sultonovning ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi kunga kelib magistral quvurlardan 821 metri joriy, 1721 metri kapital ta'mirlandi. Shuningdek, 1 dona bug‘ va 1 dona suv isitish qozoni kapital, qolgan 6 dona bug‘ va suv isitish qozonlari esa joriy ta'mirlandi.
2022 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 126 500 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Amalda reja 105%ga bajarilib, 132335 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Markazning asosiy ishlab chiqarayotgan mahsulotlaridan biri issiqlik energiyasi hisoblanadi. Yil boshidan beri jami 562856 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan kombinat ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 270133 Gkal issiqlik energiyasi berildi. Shahar iste'molchilari esa 292723 GKall issiqlik energiyasi bilan ta'minlandi.
Kombinatda joriy etilgan tejamkorlik siyosati bo‘yicha IEMda salmoqli natijalar qayd etilayapti. O‘tgan 8 oy mobaynida IEMda 5364 ming m3 tabiiy gaz iqtisodiga erishilgan.
IEM mehnat jamoasi tomonidan isitish mavsumi davomida uylarimizni isitish uchun hamshaharlarimizga soatiga 85 Gkal issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.
Isitish mavsumida hamshaharlarimiz uchun qancha issiqlik energiyasi yetkazib berilishini arifmetik hisob-kitoblar asosida hisoblab ko‘ramiz.
Soatiga o‘rtacha 85 Gkal issiqlik energiyasi misolida hisoblaydigan bo‘lsak, 1 kunda 2040 Gkal issiqlik energiyasi yetkazib beriladi. 1 oyda esa(2040x30=61200) 61200 Gkal issiqlik energiyasi hamshaharlarimiz uyini sovuq kunlarda isitadi. Ushbu raqamni 5 oyga ko‘paytirsak(o‘rtacha isitish mavsumini) 306000 Gkal issiqlik energiyasi, isitish mavsumida uylarimizni isitar ekan. Albatta, bu raqamlar ortida zahmatli mehnat yotibdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, pirovardida isitish mavsumini betalofat o‘tkazish. IEM jamoasi hozirda ana shunday maqsadni oldiga qo‘yishgan.
Sherzod Tilovberdiyev,
veb muharrir