• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zamonaviy boshqaruv pulti xonasi mehnat unumdorligini ta'minlaydi

03 Oktyabr 2024, 8:36 548

Texnologik ishlab chiqarish jarayonida dispetcherlik boshqaruv xizmatlari muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘z faoliyatini olib borayotgan dispetcherlik boshqaruv xizmatlarini takomillashtirilishi yuqori mehnat samaradorligini ta'minlab kelmoqda.

Bu borada Mis boyitish fabrikasida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning 30-iyun kuni 2-sonli maydalash va boyitish majmuasining maydalash va qayta yuklash uchastkasining boshqaruv operator pul'ti xonasi to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Xona zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.

Eski operatorlik xonasi uchastka tashkil topgan 1985-yildan buyon faoliyat yuritib kelar, yillar davomida ma'nan eskirgan edi. Ta'mirlash ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirildi. Jihozlash ishlarini esa fabrikaning texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari xizmati bajardi.

Maydalash va qayta yuklash bo‘limidagi uskunalarni boshqarish loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihada 273 dan ortiq signallar uskunalar holati va boshqaruvidan tashkil topgan bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan boshqaruv operator pulti xonasida uchastkada texnologik jarayon vizualizatsiya va mnemosxema yordamida doimiy kuzatib boriladi. Uchastkadagi texnologik uskunalarning soz holatda ishlashi, ma'lumot olish va uzatish, har qanday to‘xtalishlarni zudlik bilan bartaraf etishda tezkorlikda qaror chiqarish uchun joriy etilgan raqamlashtirish qo‘l kelmoqda.

Shuningdek, ta'kidlash joizki ushbu uchastkada 2024-yil 9 oylik natijalarga ko‘ra, barcha rejaviy ko‘rsatkichlar to‘laligicha bajarilgan. Jumladan, rudani qabul qilish ko‘rsatkichi 103,3%ga, +10 mm sinf bo‘yicha kondisiya ko‘rsatkichlari esa 100,7% ga bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech