"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332026-yil 26-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda OKMK Muhandislik maktabida soha korxonalari uchun raqamli yechimlar va sun’iy intellektni qo‘llashga bag‘ishlangan qo‘shma seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Sohani raqamlashtirishning ahamiyati, sun’iy intellektdan unumli foydalangan holda bir qator muammolarga yechimlar topilayotgani, axborot texnologiyalarining soha rivojiga hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
O‘zaro tajriba almashinuvini amalga oshirishda muhim o‘rin tutgan mazkur seminar-treningda “NKMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zTMK” AJ hamda “Navoiyuran” DK mas’ullari ishtirok etishdi.
Seminarda sanoat korxonalarining Raqamlashtirish bo‘yicha mas’ullari o‘z korxonalarida raqamli yechimlarni joriy etish tajribasi yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
Shuningdek, McKinsey xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari tomonidan “Kon-metallurgiya kompleksi uchun raqamli va sun’iy intellekt yechimlariga misollar”, “Sun’iy intellektni muvaffaqiyatli tatbiq etishning asosiy omillari” mavzularida taqdimot o‘tkazishdi.
Tadbir ishtirokchilari seminardan so‘ng, OKMK Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limida ham bo‘lishib, raqamlashtirish doirasida joriy etilgan “Qalmoqqir” va “Yoshlik I” konlarida avtomatlashtirilgan kon-transport boshqaruv tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bu tizimning afzalligi shundaki, kondan chiqayotgan yuk oqimlarini optimal boshqarish, kon ishini tezkor hisobga olish va nazorat qilish, ekspluatatsiya rejimlarini monitoring qilish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va kon massasini qazib olish hajmini oshirishdan iborat. Tizimning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, yaqindi ikkinchi bosqichini joriy etish ishlari boshlandi.
Shuningdek, tadbir mehmonlari “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida ham bo‘lishib, kon faoliyati, texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.
Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt konchilik va metallurgiya sohasini "an’anaviy og‘ir sanoat"dan "yuqori texnologik industriya"ga aylantirmoqda. Raqamli yechimlarni bugun o‘zlashtirish — ertangi kunning texnologik mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash demakdir. Sanoat va intellektning uyg‘unligi soha rivojida yangi sahifa ochmoqda.
OKMK Axborot xizmati