• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Zamonaviy menejment tizimlari”

27 Sentyabr 2022, 8:41 1170

Ushbu mavzuda Avtomobil transporti boshqarmasining yosh rahbarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarni Toshkent Davlat texnika Universitetining Muhandislik texnologiyalari fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnoza Rasulova olib bordi.

Dastavval ishtirokchilarga menejment tushunchasi, uning sohalari, qo‘lanilishi, mohiyati haqida so‘z bordi. Turli kompaniyalarda menejmentning o‘rni vazifalari haqida batafsil ma'lumot berildi. Bir qator misollar keltirildi.

Shuningdek, menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozimligi ham takidlandi.

“Vaqtni boshqarmay turib, boshqa hech narsani boshqarib bo‘lmaydi" deganlaridek, o‘quv seminar davomida Taym menejmentiga alohida urg‘u berildi. Bunda ishtirokchilar vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va uni his qilish, natijadorlikni oshirish, vaqtga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kabi tushunchalarga ega bo‘lishdi.

Shu kunning o‘zida “Gorizontal o‘sish uchun aqliy qobiliyatni oshirish” mavzusida ham so‘z bordi. Bunda yetuk mutaxassis bo‘lish, tajriba ortirish, madaniyat, notiqlik mahorati, mulohaza qilish hamda jamoa bilan kelib ishlashlash qobiliyatini oshir bo‘yicha mahorat darslari ham olib borildi. Eng asosiysi o‘quv seminar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech