• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zamonaviy sport majmuasi ishchilar uchun

04 Iyul 2022, 13:7 1407

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida inson qadri ulug‘vorligi, har sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar yurtdoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida ekanligi tahsinga loyiq.

Xususan, OKMK  tomonidan ham bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday qulayliklardan biri Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi 3-temir yo‘l sexida ishchi-xodimlar uchun sport majmuasining ochilishidir.

Jumladan, ushbu sport majmuasi to‘liq ta'mirlanib, zamonaviy  jihozlar bilan jihozlangan holda ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan holda qayta ishga tushirildi.

Sport majmuasining tantanali ochilishida OKMK boshqaruv raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abror Kamilov, OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova hamda STTB boshlig‘i Bunyod Qurbonovlar ishtirok etib, yaratilayotgan barcha imkoniyatlar korxona xodimlari uchun ekanligi ta'kidlashib, bundan unumli foydalanishlari kerakligi aytib o‘tildi.

Obid Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech